Andijonda sektor rahbarlari afv etilganlar bilan uchrashishdi
Davlatimiz rahbarining adashganlarga yana bir bor imkon berish, ularni avf etish hususidagi tashshabbuslari bilib bilmay noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan shaxslar uchun katta bir ibrat maktabi vazifasini o‘tashi shubhasiz.
Joriy yilning 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni avf etish to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Ushbu Farmon bilan respublikamizda yashovchi jami 258 nafar fuqarolar afv etilgan bo‘lsa, ularning 34 nafari andijonlik fuqarolardir.
Shu yilning 03 iyun kuni Andijon viloyati sektor rahbarlari jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqarilgan fuqarolar bilan suhbatlashdilar. Suhbat chog‘ida bugun xech kim e'tibordan chetda emasligi,berilgan jazo muddati ularga xulosa chiqarish uchun yetarli bo‘lgani, yangi qarash va yaxshi niyatlar bilan yangi hayot boshlash vaqti kelganligi aytib o‘tildi.
Bugungi kunda afv etilganlarning o‘z oilasi davrasiga qaytgan kunlardan boshlab, reabilitasiya qilish va ijtimoiylashtirish, ularning bugungi ahvolidan kelib chiqib, oilaviy sharoitini yaxshilash xamda jamiyatning to‘laqonli a'zosi sifatida shakllantirishga doir bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov ozodlikka chiqarilganlar va ularning oila a'zolarini to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, muammolarini o‘rganib bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlarni belgilab berdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati