14 Mart 2020 yil 976

Аndijonda spirtli ichimlik isteʼmol qilish oqibatida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

2020 yilning 10 mart kuni Shahrixon tumanida yashovchi M.R. o‘zining yashash uyida tanishlari I.O. va M.N.lar bilan spirtli ichimlik iste'mol qilishib, mast holda o‘zaro janjallashgan. Buning oqibatda esa M.R. oshxonadagi xo‘jalik pichog‘i bilan I.O.ning qorin qismiga, M.T.ning chap ko‘krak qismiga urib tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shahrixon tumani Qayrag‘ochguzar mahallasida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov raisligida M.R.ning qilmishi keng jamoatchilik ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.  Unda aksariyat mahalalarda qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘larning atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarqlik bilan qarab, ko‘rib- ko‘rmaslikka olayotganliklari, bo‘layotan  holatlarga tomoshabin bo‘lib o‘rganib qolayotganliklari keskin qoralandi. Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar ham sodir etilgan bu holat bo‘yicha o‘z munosabatlarini ochiq oydin bayon etdilar.

Bo‘lib o‘tgan bu voqeani muxokamada ishtirok etganlarning barchasi oilasi, qarindosh-urug‘lari, mahallasidagilarga ibrat olish maqsadida yetkazishlari shart ekanligi qayta-qayta  ta'kidlandi.Tadbir davomida yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan mudxish jinoyatlar va ularning achchiq pushaymonligi aks etgan maxsus “Ogohlik” nomli ko‘rsatuv namoyish etildi. 

Muhokama so‘ngida   mazkur  jinoyatning kelib chiqish sabablarini   keng jamoatchilik vakillariga  yanada ta'sirchan usullarda  etkazish bo‘yicha xududiy proflaktika inspektorlari, maxalla fuqarolar yig‘ini raislari, ko‘chaboshilari, oqsoqollari hamda maxalla faollariga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech