17 Fevral 2022 yil 564

Andijonda talonchilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 13-fevral kuni soat 22:30larda Andijon tumanida yashovchi O‘.Z. va Q.Sh.lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, Andijon shahar Gumbaz MFY hududida joylashgan “Mebel” do‘koni oldida L.O‘ boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini to‘xtatib, L.O‘.ni yuz qismiga urib, unga tegishli narxi 60.000 so‘mlik “Artel” rusumli uyali telefonini hamda 60.000 so‘m  pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, voqea joyidan qochib yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech