26 Iyul 2022 yil 494

Andijonda “TIG‘” profilaktik tadbirlari doirasida fuqarolardan bemaqsad olib yurilgan 654 ta tig‘li predmetlar aniqlandi

Andijon viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni xodimlari boshqa soha xizmat xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida  bir qator  ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida “TIG‘” profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan yonida bemaqsad tig‘li predmetlar olib yurgan shaxslardan 654 ta  tig‘li jismlar olinib kelgusida muhokama qilish uchun Andijon shahar IIOFMBga yuborildi. Shuningdek, Andijon shahri hududida tilanchilik bilan shug‘ullanib yurganliklari uchun jami 478 nafar shaxslar hududiy IIBlarga olib borilib, kelgusida qonuniy chora ko‘rishlik uchun profilaktika inspektorlariga topshirildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Andijon viloyati IIBning ko‘rsatmalariga asosan o‘tgan 6 oy davomida “TIG‘” profilaktik tadbiri bo‘yicha viloyat IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan Andijon shahrining aholi gavjum maskanlarda, taʼlim muassasalarida, ko‘cha va jamoat joylarida jami 203 marotaba targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Xizmat yo‘nalishlarida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlarida 7162 marotaba profilaktik suhbatlar olib borilib, 34 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga kuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Hozirda viloyat hududida jamoat tartibini saqlash fuqarolar va harakat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech