24 Iyun 2020 yil 892

Andijonda tuman-shaharlarning 3-sektor kotiblari uchun o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi

Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari va investisiya loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.  Ayni shu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati IIB majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV mas'ul xodimlari va viloyat IIB rahbarlari hamda tuman-shaharlarning  3-sektor kotiblari ishtirokida o‘quv-seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarda 3-sektor kotiblariga hududlarda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayogan ishlar va “Temir daftar”ga kiritilayogan ehtiyojmand oila a'zolarini shu jumladan ishsizlarni “saxovat.argos.uz” axborot tizimining yangilangan shakliga kiritib borilishini yo‘lga qo‘yish, “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oila a'zolarini ish bilan ta'minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali ularni ro‘yxatdan chiqarish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech