27 Aprel 2022 yil 388

Andijonda xodimlarning bilim saviyasi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi tomonidan joriy yilning II-choragi davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy-tadbirlar rejasiga muvofiq, 15-16 va 22 aprel kunlari Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Bo‘ston va Izboskan tumanlari ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibining bilim saviyasi, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yana-da yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jumladan, huquqiy targ‘ibot tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida” O‘RQ-763 Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-190 Qarori, Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 172-son, “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi 173-son, “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 178-son hamda “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 177-son Qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlar eʼtiboriga yetkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek, Izboskan tuman IIB xodimlarining xizmat faoliyati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hozirda, reja ijrosi bo‘yicha boshqa shahar - tuman ichki ishlar bo‘limlarida targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech