11 Sentyabr 2020 yil 880

Andijonda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘rovonlikdan himoya qilish" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

2020 yil 10 sentyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘rovonlikdan ximoya qilish" mavzusida ONLAYN ZOOM anjuman dasturi asosida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Ushbu anjumanda Andijon davlat tibbiyot institutining xotin-qizlar kengashi raisi M.Jo‘raeva, "Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reablitasiya qilish va moslashtirish markazi" rahbari X.Mirzarahimova, Adliya boshqarmasidan A.Ikramov, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasidan podpolkovnik G.Abduvohidova, ADTI psixatriya va narkologiya kafedrasi assistenti, psixolog N.Sarbaeva hamda dosent B.Botirovalar ishtirok etdilar.

Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda har bir soha rahbarlari "Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan hotin-qizlarning qonuniy huquqlari", ularni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar, himoya orderlarini kimlarga kim tomonidan berilishi, har bir xotin-qizlar qonun himoyasida ekanligi tushuntirildi hamda ONLAYN orqali savol-javoblar o‘tkazildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech