30 Sentyabr 2021 yil 483

Andijonda yoshlarni ichki ishlar organlari sohasi bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimi hamda Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati bilan hamkorlikda yoshlarni bugungi kunda ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uchrashuv muloqotlar o‘tkazildi.

Xususan, joriy yilning 30 sentabr kuni Andijon Davlat universitetida talaba yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ichki ishlar organlari xizmatiga qabul  qilishning yangi tartib qoidalari va bugungi kunda xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va xodimlar uchun ko‘rsatilayotgan imtiyoz-rag‘batlar aks ettirilgan videoroliklar  ham namoyish etilib, talaba yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda talaba yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirayotgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Shuningdek, Andijon shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilariga Andijon viloyati IIBning yo‘l-patrul, kinologiya va maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish xizmatlarining jangovar texnikalari va maxsus vositalari sohaning malakali mutaxassislari tomonidan yaqindan tanishtirildi. Bundan tashqari, tadbir so‘ngida umumtaʼlim maktabining bir guruh namunali o‘quvchilariga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech