1 Mart 2021 yil 578

Andijonda “Zarbdor oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan “Tig‘” profilaktik tadbirlari natijasida  bemaqsad olib yurilgan tig‘li jismlar aniqlanmoqda

Andijonda “Zarbdor oyligi” doirasida tan jarohatlari yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida turli nizoli kelishmovchiliklar zamiridagi janjallar natijasida yuzaga keladigan o‘tkir tig‘li jismlar yordamida tan jarohati yetkazish jinoyatlarini mukammal darajada kamaytirish maqsadida “Tig‘”  profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

“Tig‘” profilaktik tadbirlari bo‘yicha shu kunga qadar jami 49 ta tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilib, fuqarolardan bemaqsad olib yurilgan 13 ta tig‘li predmet olingan. Ushbu tig‘li jismlar olingan shaxslar va ularning ota-onalari bilan tegishli tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Xususan,  24 fevral kuni tungi xizmatga jalb etilgan Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX batalyoni xodimlari  tomonidan o‘zlarini shubhali tutgan to‘rt nafar fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yonlari ko‘zdan kechirilganda, fuqarolarning yonidan turli xildagi tig‘li predmetlar maqsadsiz olib yurilganligi aniqlandi va hududiy profilaktika inspektorlariga  tegishli tartibda ko‘rishlik uchun topshirildi.

“Tig‘” profilaktik tadbirlari o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech