6 Aprel 2022 yil 530

Andijondan “Kobalt” avtomashinasini olib qochgan fuqaro Qo‘qon shahridan ushlandi

Joriy yilning 4 aprel kuni soat 14:15da Bo‘ston tumanida joylashgan “Yuksak orzu baraka” MCHJda ishlagan fuqaro S.Sh ushbu MCHJda hisobchi lavozimida ishlovchi X.D.ning davlat raqam belgisi 60 W 352 HA bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinasini g‘ayriqonuniy ravishda atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib olib qochib, voqea joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlar natijasida fuqaro S.Sh 5 aprel kuni “Kobalt” rusumli avtomashinani Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech