17 Mart 2025 yil 2027

Andijon shahar va Andijon tumani ichki ishlar organlarida "Uch avlod" uchrashuvlari o‘tkazildi

Uchrashuvlar davomida sohada ko‘p yillar xizmat qilgan faxriylarning boy tajribasini o‘rganish, ularning ijobiy fazilatlari hamda qimmatli o‘gitlarini yosh avlodga ibrat sifatida ko‘rsatish, yosh kadrlarning xizmat faoliyatida faxriy xodimlarning kasb mahorati va ko‘nikmalaridan foydalanishga muntazam ravishda e’tibor qaratilishi lozimligi, shuningdek, bugungi kunda tizimda yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbirlar yakunida bir guruh faxriylarga “IIV faxriysi” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida "Uch avlod" uchrashuvlarining o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech