27 Yanvar 2024 yil 1032

Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi JXX Probatsiya bo‘limi hisobida turgan nazoratdagi shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi tashkil etildi

Joriy yilning 25-yanvar kuni Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida Andijon shahri bo‘yicha Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi JXX Probatsiya bo‘limi hisobida turgan nazoratdagi shaxslar ishtirokida sayyor sud tashkil etildi.

Mazkur tadbirga jalb etilgan nazorat ostidagi shaxslarga Probatsiya boshqarmasi masʼul xodimi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi raisi tomonidan kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmaslik, belgilangan taqiq va cheklovlarga qatʼiy amal qilishlari, buning salbiy oqibatlari hamda jazo muqarrarligi bo‘yicha atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.

Sayyor sud davomida probatsiya hisobida turib, chin ko‘ngildan pushaymon va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan hamda tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan 40 nafar nazoratdagi shaxslar jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shu o‘rinda jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan 3 nafar shaxslarning jazolari og‘irroq turdagisiga almashtirildi.

Hozirgi kunda bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech