22 Fevral 2024 yil 1819

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan 4-sonli kasb-hunar maktabida “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 22-fevral kuni Andijon shahridagi 4-sonli kasb-hunar maktabida Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Taʼlim muassasasida tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan turli jinoyatlar to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berilib, har qanday jinoiy qilmish uchun jazoning muqarrarligi taʼminlanishi bo‘yicha hayotiy misollar keltirib o‘tildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini bekorchi narsalarga sarflamasliklari, ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilayotgan turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmasliklari xususida ham tushunchalar berib o‘tildi.

O‘z navbatida o‘quvchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tergov xodimlari tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

Yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda huquqiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech