Andijon shahrida tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi
Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish, xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish hamda insonlarning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan bu galgi ommaviy sayyor qabul Andijon shahrida bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.
Joylarda tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati