19 Aprel 2024 yil 1389

Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi hamda IIV Andijon akademik litseyining o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Prezidentimizning 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-son qarori talablari ijrosini taʼminlash hamda Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi hamda IIV Andijon akademik litseyining o‘quvchi yoshlarining intellektual va professional bilim darajasini oshirish maqsadida viloyat IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan IIV Andijon akademik litseyida “Zakovat»” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘tkazilgan intellektual o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralargaboy tarzda o‘tdi. Murosasiz o‘tgan o‘yin natijasiga ko‘ra,4-son kasb-hunar maktabining NEW STARS” jamoasi 3-o‘rinni,IIV Andijon akademik litseyining “QALQON” jamoasi 2-o‘rinni, “LEGION” jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O‘quvchi yoshlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech