Аndijon: Аsaka tumani IIB tashabbusi bilan yengil avtomobillarda aholi xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda
Аndijon viloyati hududida ham karantin davrida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini hamda xavfsizligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Аsaka tumani IIB tashabbusi bilan fuqarolarga yengillik yaratish hamda ularning sanitariya qoidalariga rioya qilishlarini taʼminlash maqsadida 10 ta yengil avtomobil ajratilib, ushbu avtomobillar aholiga oziq-ovqat mahsulotlarini bepul yetkazib berish bilan shugʼullanib kelmoqda.
Shuningdek, Аsaka tumani xududida mavjud boʼlgan jami 74 mahallaning markaziy joylariga oziq ovqat maxsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan boʼlib, ushbu yarmarkalarda aholiga kerakli oziq ovqat mahsulotlari oshirilmagan narxlarda sotilmoqda.
Bundan tashqari, Аsaka tumani xududida xizmat koʼrsatuvchi “Royal taksi” xizmat koʼrsatish MChJ tomonidan 90 ta engil avtomobil ajratilib, ushbu avtomobillar aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan shugʼullanib kelmoqda.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati