12 Fevral 2024 yil 1270

Andijon davlat chet tillari institutida "Vatanparvarlik – milliy o‘zlikni anglashning yuksak natijasidir" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi  

Joriy yil 12-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida o‘tgan mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan Andijon davlat chet tillari institutida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Andijon viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi va uning aʼzolari ishtirok etdilar. Ushbu o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bugungi kunda yoshlarda vatanparvarlik fazilatini kuchaytirish, xalqimizning milliy mentaliteti va qadriyatlarini yosh avlod ongiga chuqur singdirish, shu orqali ularda kelajakka ishonch tuyg‘ularini qaror toptirishdan iborat bo‘ldi.

Hozirda bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech