Andijon davlat universitetida yoshlarning yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 8-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Andijon viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlarning yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Andijon viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi K.Karimov tomonidan yosh avlodning turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashish,fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish masalalariga to‘xtalib, unga qarshi kurashishda barcha, ayniqsa, yoshlar faol bo‘lishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, bugungi kunda yoshlarning diniy ekstremizm yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar hayotiy misollar orqali tub ildizigacha tahlil qilindi.
Bundan tashqari, universitet katta profilaktika inspektori U.Nazarov tomonidan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida viloyatda olib borilayotgan targ‘ibot tashviqot ishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Davra suhbati yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati