20 Aprel 2024 yil 4628

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Kibermakonda diniy eʼtiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi” mavzusida vebinar dars tashkil etildi

Joriy yilning 17-aprel kuni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Kibermakonda diniy eʼtiqod targ‘ibotining ijtimoiy xavfi” mavzusida vebinar dars tashkil etildi. Ushbu dars mashg‘ulotiga IIV TQD Terrorizmga qarshi kurashish xizmati masʼul xodimi A.Shukurov hamda Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik N.Mo‘minovalar taklif etildi.

Unda internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda diniy targ‘ibot usullari xususida dalillar yordamida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarning aksariyati yoshlartashkil etishini hisobga olib,   ularda isteʼmol madaniyatini tarbiyalash g‘oyat dolzarb masala ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi. 

Bundan tashqari, yoshlarga hozirgi davrda virtual diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashlarni birlashtirishning ahamiyati va bu borada viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham maʼlumotlar yetkazildi.  

Mavzu yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech