Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Virtual olam tahdidlari: din va terrorizm” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizmga qarshi kurashish xizmati hamda Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirokida Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida institutning “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Agrobiologiya fakultetining 250 nafar talabalari ishtirok etdi.
Bugungi kunda internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa o‘rnatish, zudlik bilan zarur axborot va maʼlumotlarni olish, bilim maʼrifatni oshirishda uning beqiyos o‘rni va ahamiyati borligini hech kim inkor qila olmaydi. Davra suhbati avvalida, har bir narsaning ikki tomoni bo‘lgani kabi internetni ham salbiy jihatlari afsuski ayrim shaxslar uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgani muammoli masala ekanligi aniq misollar yordamida aytib o‘tildi.
Davra suhbatini davomida internet tarmoqlarida tashviq etilayotgan dinimizga yot g‘oya, urf-odat va anʼanalar hamda jaholat va fahsh namoyishining salbiy taʼsiridan asrash, tarbiyaning nechog‘li muhim masala ekanligi xususida atroflicha to‘xtalar ekanlar, virtual olamda yoshlarni kimdan nima o‘rganayotganiga eʼtibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlardagi ustozlari kimligi va ular qayerda bilim olganligi kabi masalalar muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi ekstremistik jamoa va shaxslarning ijtimoiy hayotga salbiy taʼsir etayotgani xususida dalillar yordamida maʼlumotlar berdilar.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati