25 Yanvar 2024 yil 1206

Andijon mashinasozlik institutida yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Tadbir yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, kiberxavfsizlik, diniy ekstremizm, odam savdosi va uni oldini olish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Anvarjon Islomov, yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Muhtaramxon Xaliqova, Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ilhomjon Nasriddinov, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi, kapitan Qutbiddin Madaliyev, institut profilaktika inspektori, mayor Izzatillo Qahhorovlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, firibgarlik, o‘z joniga qasd qilish va suiqasd qilish, odam savdosi, diniy ekstremizm va aqidaparastlik holatlarini oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida atroflicha fikr bildirdilar. Shuningdek, xodimlar tomonidan hozirda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oqibatlari xususida aniq maʼlumotlar keltirib o‘tdilar.

O‘tkazilgan yig‘ilishda o‘z huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida talabalar tomonidan jinoyat turlariga oid berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javoblar qaytardilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech