14 Fevral 2024 yil 1278

Andijon mashinasozlik institutida “Vatanparvarlik — milliy o‘zlikni anglashning yuksak natijasidir” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

Tadbirda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Faxriylar kengashining raisi va uning aʼzolari hamda institut profilaktika inspektori ishtirok etdi.

Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlar taʼlim tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rliklar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida to‘xtaldilar. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik kabi illatlar domiga tushib qolmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqida yoshlarga o‘z o‘gitlarini berdilar. O‘z tajribasidan kelib chiqib, mavzuga oid hayotiy misollar va ibratli voqealarni ham so‘zlab berdilar.

Bundan tashqari, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usining barq urishida taʼlim va tarbiyaning uzviyligi muhim o‘rin tutishini taʼkidladilar. Bunda, oila, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktab va oliy o‘quv yurtlari faoliyatida uzviylik tamoyilining tatbiq etilishi vatanparvarlik tuyg‘usining yana-da takomillashuviga olib kelishini qayd etdilar.

Uchrashuv g‘oyat sermazmun, taassurotlarga boy o‘tdi. Tadbirda talabalar ham so‘z olib, ushbu uchrashuvdan ulkan maʼnaviy ozuqa olganini kelajakda el-yurtga halol va fidoyilik bilan xizmat qiladigan inson bo‘lib yetishishga intilishlarini aytishdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech