4 Fevral 2022 yil 418

Andijon shahar bo‘yicha IIO FMDda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va “qizil” toifaga kiritilgan MFY raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon shahar bo‘yicha IIOFMDda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari va “qizil” toifaga kiritilgan mahalla raislari ishtirokida 2021-yil davomida sodir etilishiga yo‘l quyilgan jinoyatlar va bu borada yo‘l quyilayotgan tizimli kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, hamkorlikning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Andijon viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Murodjon Boltaboyev olib bordi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi boshqarma boshlig‘i Baxtiyor Ibrohimov ishtirok etdi. Majlis davomida sodir etilishiga yo‘l quyilgan jinoyatlarning sabab va oqibatlari atroflicha muhokama etilib, kelgusida jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olindi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech