3 Mart 2022 yil 598

Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB boshlig‘i 3-sektor hududidagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston bo‘ylab har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Bu Prezidentning joriy yilning 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.

Yoshlar yetakchisi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlashda qaror asosida ish olib boradi.

Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Shohruhbek Nazirov 3-sektor hududida joylashgan 21 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv-muloqotda mahallalardagi yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni toifalarga ajratish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech