28 Iyun 2021 yil 769

Andijon shahar “Xolis” dehqon bozorida sodir bo‘lgan ayollarning o‘zaro janjalli holati yuzasidan

Joriy yilning 27 iyun kuni ijtimoyi tarmoqlarga Andijon shahar “Xolis” dehqon bozori hududida ayollar o‘rtasidagi janjalli holat aks etgan videotasvir joylandi. Mazkur videotasvirdagi holatlar bo‘yicha zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 25 iyun kuni soat 19:00 larda  Andijon shahar Bog‘i eram MFYda yashovchi fuqaro M.A va uning 2001 yilda tug‘ilgan qizi H.M  “Xolis” savdo majmuasi hududida savdo ishlari bilan bozorga kelgan ikki nafar ayol bilan o‘zaro gap tortishib, janjallashgan.  Bundan xabar topgan Milliy gvardiya va Andijon viloyati IIB xodimlari zudlik bilan  voqea joyiga yetib kelishib, ushbu fuqarolarni  tinchlantirilganlar.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech