22 Iyun 2021 yil 571

Andijon shahri 3-sektor rahbari tomonidan aholi muammolari “mahallabay” va “xonadonbay” tizimi asosida o‘rganilmoqda

Davlatimiz rahbarining 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi  yuzasidan Andijon shahri 3-sektorida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sh.X.Nazirov   shu yilning 21 iyun kuni sektor hududidagi Yorboshi, Qayrag‘ochtagi, Jumabozor  MFYlarga borib, u yerda ishchi guruh bilan birgalikda mahallalarda yashovchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan xonadonbay yurib suhbatlashdi. O‘rganishlar davomida mahallaning o‘sish nuqtasi aniqlanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, imtiyozli kredit olib tadbirkorlikni boshlagan fuqarolarning faoliyatlari bilan tanishib chiqib, ulardagi mavjud muammolarni o‘rgandi. Hozirda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech