Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i tashabbusi bilan o‘quvchilar uchun “Elektron kutubxona” tashkil qilindi
Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Sh.Nazirov tashabbusi bilan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik darajasini oshirish, ularning bilim doiralarini yanada kengayishiga ko‘maklashish maqsadida 3-sektor hududida joylashgan Andijon shahar 5-son kasb-hunar maktabida “Elektron kutubxona” tashkil qilindi.
“Elektron kutubxona” to‘g‘risida maʼlumot olish uchun maxsus kutubxona banneri tayyorlangan bo‘lib, eʼtiborlisi har bir kitobsevar foydalanuvchi telefonida kodni skaner qilib, taqdim etilgan havola orqali bazadan o‘ziga kerakli adabiyotning elektron nusxasini bir zumda topishi va yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
Bir so‘z bilan aytganda kitobga ixlosmand o‘quvchilar ushbu elektron kutubxona orqali o‘zlarini qiziqtirgan tarixiy, badiiy va qator mavzulardagi noyob kitoblarni qisqa muddatlarda elektron shaklda ko‘chirib olishlari hamda foydalanishlari mumkin.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati