22 Aprel 2022 yil
532
Andijon shahrida 500 AQSH dollariga “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 19 aprel kuni, Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi S.M, xolis xaridorga jami 18,5 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, ushbu shaxsning yonidan 0,41 gramm gashish giyohvand moddasi borligi ham aniqlangan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha, Andijon shahri bщyicha IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati