“Andijon shahrida davlat raqami 60 560 VSF boʻlgan “GAI” xodimi “Jiguli”ni quvib uni YTHga uchrashiga sabab boʻlgan” deb izohlanayotgan videoxabar yuzasidan
Joriy yilning 24-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylangan “Andijon shahrida davlat raqami 60 560 VSF boʻlgan “GAI” xodimi “Jiguli”ni quvib uni YTHga uchrashiga sabab boʻlgan” deb izohlanayotgan videoxabar yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan oʻrganish iishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, shu kuni soat 23:15 larda Andijon tumani, Xakan MFYda yashovchi fuqaro O.Azimov Andijon viloyati IIBga telefon orqali murojaat qilib, soat 23:10larda tanishi A.Sayfutdinov boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli avtomashinasida Andijon shahar Boburshox koʻchasidan Oltinkoʻl koʻchasi tomonga harakatlanib kelayotgan vaqtda “Oʻzbegim” savdo markazi oldida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi gulzorga oʻtib ketganligini va avtomashinasi mexanik shikastlanganligini maʼlum qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan olib borilgan surishtiruv davomida Andijon viloyati IIB YHXB YPXB 1-safarbar guruhi YPX inspektori safdor O.Soliyev bu vaqtda oʻziga biriktirilgan
60 560 VSF davlat raqam belgili xizmat avtomashinasida shu hududda tungi xizmat olib borayotganligi, ushbu transport vositasini quvib oʻtmaganligi, avtomashina haydovchisi A.Sayfutdinov ham YPX xodimlari uni toʻhtatmaganligini va quvib oʻtmaganligini maʼlum qilgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida avtomashina haydovchisi va yoʻlovchisiga hamda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xech qanday tan jaroxati yetmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar boʻyicha IIOFMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati