Andijon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini yonida saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 16-iyul kuni, Andijon viloyati IIB JXX va JTSB PPXB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB JQB xodimlari tomonidan “Qora dori - 2023” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Andijon shahrining Maorif mahallasi hududida Mustaqillik mahallasida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan E.X. o‘zining shubhali harakatlari bilan xodimlar eʼtiborini tortdi.
Xolislar ishtirokida E.X.ning yoni ko‘zdan kechirilganda, og‘irligi 0,31 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Ushbu isteʼmol qilish maqsadida saqlab kelinayotgan “og‘u” daliliy ashyo sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati