17 Yanvar 2023 yil
1882
Andijon shahrida “Gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan fuqaro ushlandi
Joriy yilning 14-yanvar kuni soat 13:30 larda Andijon viloyati IIB JQB va Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida fuqaro K.M xolis xaridorga og‘irligi 3.03 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasini 500.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati