5 Avgust 2023 yil 483

Andijon shahrida “gashish” va “opiy” giyohvandlik moddasini yonida saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi  

Joriy yilning 5-iyul kuni, Andijon viloyati IIB TQX JQB  xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Andijon shahrida yashovchi A.U. o‘zining shubhali harakatlari bilan xodimlar eʼtiborini tortdi. Xolislar ishtirokida A.U.ning yoni ko‘zdan kechirilganda, og‘irligi 0,4 gramm “gashish” va 0,52 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. “Og‘u” daliliy ashyo sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech