25 Noyabr 2022 yil
485
Andijon shahrida yashovchi fuqaroning uyidan umumiy narxi 49 million so‘m bo‘lgan “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari aniqlandi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Andijon shahrida yashovchi fuqaro G.M.ning yashash uyida o‘tkazilgan tintuv davomida uyidagi shkafining ichida jami 1 ming 400 dona, umumiy narxi 49 million so‘m bo‘lgan “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish uchun moslama hamda giyohvandlik vositalarini vaznini o‘lchashda foydalanayotgan elektron tarozilar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati