20 May 2020 yil 925

Аndijon shahrida “Lasetti” ichidan qimmatbaxo buyumlarni oʼgʼirlamoqchi boʼlgan shaxs jinoyat ustida qoʼlga olindi

2020 yil 17 may kuni  soat 13:00larda Andijon tumanida  yashovchi, mukaddam 6 marotaba sudlangan fuqaro S.S avvalgi qilmishlaridan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida yana jinoyatga qo‘l urdi.  

U Andijon shahri, Yorboshi MFYda joylashgan “Jaxon savdo bozori” MChJ xududidagi avtomashinalar qo‘yish joyida qarovsiz qoldirilgan fuqaro A.N.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli  avtomashinasini universal “Magicar” nomli pul'tdan foydalangan xolda ochib, ichidan  qimmatbaxo buyumlarni talon-taroj qilmoqchi bo‘lgan. Ammo uning bu galgi noqonuniy xatti-harakati ham uzoqqa bormadi. Fuqaro S.S shu joyda xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro S.S O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

  

Text to speech