16 Iyul 2020 yil 986

Andijon shahrida sektor rahbarlari tomonidan dorixonalar, savdo do‘konlari va bozorlar faoliyati o‘rganildi

Andijon viloyatida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida shu yilning 15 iyul kuni Andijon shahrining 4 ta sektor rahbarlari hozirgi pandemiya vaqtida shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan dorixonalar, savdo do‘konlari va bozorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Sektor rahbarlari pandemiya sharoitida kerakli bo‘lgan dori-darmon vositalarining zaxirasini ta'minlash, narxlarni sun'iy oshirmaslik, bozorlar va dorixonalarda savdo madaniyatiga rioya etish hamda sanitariya holatlariga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish bo‘yicha joylarda tushuntirish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlarga faoliyatini tartibga solish yuzasidan kerakli maslahatlar va ko‘nikmalar berildi. Qonun doirasida belgilangan tartibda faoliyat olib borishlari bugungi sinovli kunlarning eng asosiy sharti ekanligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Bu kabi o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech