21 Iyun 2021 yil 636

Andijon shahrida sodir etilgan qotillik jinoyati sabablari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Shu yilning 18 iyun kuni soat 18:20 larda, Andijon shahri, Navro‘z MFYda yashovchi fuqaro X.M yashash uyida o‘zining kelinopasi X.G bilan o‘zaro oilaviy masalada janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan uning ko‘krak qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. 

Ushbu holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan shu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sodir etilgan ushbu jinoyatni keng jamoatchilikka taʼsirchan usullarda yetkazish maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tub ildizigacha tahlil qilindi.

Unda oddiy kelishmovchiliklar og‘ir jinoyatlarga sabab bo‘layotgani, bunda joylardagi mutasaddilar shu yo‘nalishda yetarlicha ish olib bormayotganini qatʼiy tanqid ostiga olindi. Shuningdek, Bu kabi mudxush jinoyat uchun qonunchiligimizda belgilangan  qatʼiy jazo choralari qo‘llanilishi, jinoyatga jazo muqarrarligi alohida taʼkidlab o‘tildi.  

Shuningdek, aksariyat mahallalarda qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘larning atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarqlik bilan qarab, ko‘rib- ko‘rmaslikka olayotganliklari, bo‘layotan holatlarga tomoshabin bo‘lib o‘rganib qolayotganliklari keskin qoralandi. Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar ham sodir etilgan bu qotillik bo‘yicha o‘z munosabatlarini ochiq oydin bayon etdilar.

Muhokama so‘ngida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablarini keng jamoatchilik vakillariga  yana-da taʼsirchan usullarda yetkazish bo‘yicha hududiy profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, ko‘chaboshilari, oqsoqollari hamda mahalla faollariga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech