Андижон шаҳрида тунни тонга улаган “шоввозлар”га нисбатан чоралар кўрилди
Koronavirusning oldini olish va unga qarshi kurash choralari qat'iy olib borilayotgan bir paytda, karantin kunlarini shunchaki qabul qilayotganlar afsuski, uchrab turibdi. O‘rnatilayotgan tartib qoidalar vaqtincha, lekin buni to‘g‘ri qabul qilib, nafaqat o‘zini, balki yon atrofdigilarni va oila a'zolarini xam pandemiyadan asrashi mumkin ekanligini bilmayotganlar yoki bilsada bunga bepisand bo‘layotganlar hali-hanuz oramizda bor. Andijon viloyati IIB xodimlari tungi vaqtlarda ham karantin qoidalariga amal qilishlik bo‘yicha nazorat tadbirlarini olib bormoqdalar.
Andijon shahri bo‘ylab o‘tkazilgan nazorat tadbirida karantin tartib qoidalariga amal qilmasdan bemaqsad ko‘chada niqobsiz yurgan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonun doirasida choralar ko‘rildi.Tadbir davomida tongi soat 04:00 lar atrofida karantin tartiblarini mensimasdan, bemaqsad niqobsiz yurgan bir guruh yoshlarga nisbatan ham ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Nohotki tunni-tonga ulab, maqsadsiz ko‘chada daydib yurgan bu kabi yoshlarning taqdiri bilan ularning tarbiyasi uchun eng katta javobgar sanalgan ota-onalarning ishi bo‘lmasa.Xurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz taqdiriga befarq bo‘lmang! Aslida befarqlik koronavirusdan ham ko‘ra hafliroqdir! O‘zingiz va yaqinlaringizni bemaqsad ko‘chada qoldirmang!
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati