23 Iyun 2023 yil 640

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida og‘ufurush qo‘lga tushdi

Joriy yilning 21-iyun kuni Andijon viloyati IIB JQB va Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida Q.B Qo‘shariq mahallasi hududida xolis xaridorga og‘irligi 2,91 gramm "gashish" giyohvandlik moddasini 570.000 so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech