8 Noyabr 2022 yil 438

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqarolarning yonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari aniqlandi

Joriy yilning 3-noyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB, DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir natijasida, Andijon shahrida yashovchi J.Sh “Yangi bozor” hududida joylashgan do‘konida tekshirilganida 4 dona “Tramadol” nomli giyohvandlik moddasi, 1 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi, giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish uchun mo‘ljallangan “yelim idishlar” va “angishona” borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu joyda bo‘lgan Andijon shahrida yashovchi O.U.ning yonidan 1 dona “Tropikamid”, 1 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini va 1 dona sprey holatdagi dori idishi ichida “Tropikamid” hamda giyohvandlik moddasini isteʼmol qilish uchun mo‘ljallangan “angishona” borligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech