15 Iyul 2020 yil 893

Andijon shahriga kirish joylarida tashkil etilgan blok postlarda kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilmoqda

Andijon viloyatida koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.  Hususan, Andijon shahri hududiga kirish joylarida 13 ta blok postlar tashkil etib, ushbu postlarda Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari nazorati ostida IIB, SEOM, Milliy gvardiya   xodimlaridan iborat sutkalik naryadlar xizmat tashkil etmoqda.

Andijon  shahri hududiga kirib kelayotgan fuqarolar o‘rtasida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.  

Shuningdek, postlarga biriktirilgan xodimlar tomonidan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida aholiga bepul tibbiy niqoblar tarqatilmoqda. Bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilyapti.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech