25 Iyun 2020 yil
852
Andijon tumani 3-sektor rahbari yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan uchrashuv-muloqot o‘tkazdi
Yoshlar oyligi doirasida Andijon tumani, Yangiobod MFYda tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor J.Xudoyberdiev hamda sektor ishchi guruhi a'zolari ishtirokida maktab bitiruvchilarining bandligini ta'minlash va ularning muammolarini ijobiy hal qilishga qaratilgan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda tumandagi 4 ta MFYdan 45 nafar maktab bitiruvchilari ishtirok etdi. Jami kelib tushgan 8 ta murojaatning 4 tasi bo‘yicha shu joyning o‘zida tushuncha va takliflar berildi. Yana 4 ta murojaat tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Tadbir so‘ngida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chikilib, ijrosi tegishli mas'ullarga biriktirib berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati