15 Mart 2024 yil
1109
Andijon tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan boshqarma rahbariyati ishtirokida xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 13-mart kuni Andijon tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.M.Davronov hamda IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.F.Furqatovlar ishtirokida xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xodimlarni o‘qitish, bilim saviyasini mustahkamlash, turli xil ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga atroflicha muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati