22 Fevral 2024 yil 1655

Andijon tumani IIB boshlig‘i tomonidan probatsiya hisobida turuvchi shaxslarni kasbga yo‘naltirish va muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi

Andijon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar o‘rtasida qayta jinoyatni oldini olish hamda ularni kasbga yo‘naltirish va muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Andijon tumani IIB boshlig‘i D.Ixvoldinov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda tuman tibbiyot birlashmasi, aholini  bandligiga ko‘maklashish markazi,  xotin-qizlar bo‘limi yoshlar agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar masʼullari  ishtirok etdi.

Uchrashuvda har bir masʼul o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchilarga tushunchalar berishdi. 3 nafar yangi hisobga olingan shaxslarga aholini  bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ishga yo‘llanmalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech