Andijon tumani IIBda “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Andijon tumani IIBda “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi bo‘lib o‘tgan tadbirda ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi. Unda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda asosiy eʼtibor jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratligi taʼkidlandi. Hududda yashovchi, muqaddam sudlangan hamda Probatsiya hisobida jazo o‘tayotgan shaxslar bilan ularning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, aholi o‘rtasida sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar muhokamalarini o‘tkazish, fuqarolarga jinoyat qurboni bo‘lib qolmaslikni tushuntirish zarurligi qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, koronavirus pandemiyasini oldini olish bo‘yicha karantin qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati