Andijon tumani hokimi profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Joriy yilning 24-avgust kuni Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyev tumanda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda profilaktika inspektorlari tomonidan kundalik xizmat faoliyatida zarur boʻladigan vositalar, xususan, xizmat xonasi, mebel va moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar bildirildi.
Shu kuni profilaktika inspektorlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ularning 23 nafariga kompyuter jamlanmasi topshirildi.
Tadbir yakunida mutasaddi xodimlarga, profilaktika inspektorlari tomonidan bildirilgan koʻplab takliflari asosida mavjud kamchilik va muammolarni bosqichma-bosqich izchillik bilan amalga oshirish yuzasidan zarur vazifalar yuklanib, ijrosi yuzasidan aniq muddat belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati