Andijon tumani sektor rahbarlari profilaktika inspektorlarining mavjud kamchilik va muammolarini hal etishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi
Andijon tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.Egamberdiyev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Umurzaqov, tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari F.Maxsudovlar sektor hududlarida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashdilar.
Tuman hokimi A.Egamberdiyev profilaktika inspektorlari bilan uchrashuvda ichki ishlar vakillari tomonidan kundalik xizmat faoliyatida zarur bo‘ladigan vositalar, xususan, xizmat xonasi, mebel va moddiy-texnik bazasini yana-da yaxshilash yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.
Mutasaddi xodimlarga, profilaktika inspektorlari tomonidan bildirilgan takliflari asosida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, mavjud kamchilik va muammolarni paysalga solmay bosqichma-bosqich izchillik bilan amalga oshirish yuzasidan zarur vazifalar yuklanib, ijrosi yuzasidan aniq muddat belgilandi.
Uchrashuvda belgilab berilgan masalalar ham qisqa fursatlarda hal etilishi, profilaktika inspektorlarining mahallalarda, avvalo, tinchlik, fuqarolarning osoyishtaligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerakligi alohida taʼkidlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati