Andijon tumanida yonida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
2023-yilning 12-iyul kuni Andijon viloyati IIB JXX JTSB PPXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Andijon tumani, Sultonobod MFY hududida o‘zini shubhali tutgan Q.O.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida shimining chap cho‘ntagidan og‘irligi 0,55 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati