2021-yil 17-oktyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazildi. Tezkor-tadbir davomida Oltinko‘l tumanida yashovchi M.D. Andijon tumanida joylashgan ikki qavatli binosida, 300.000 so‘m pullar evaziga erkak va ayollarni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: