Andijon tumanida fuqarolarining sud-huquq masalalariga oid murojaatlari tinglandi
Joriy yilning 19-iyun kuni Andijon tumanida aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.
Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, ichki ishlar organlariga ishga joylashish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.
Bir so‘z bilan aytganda tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullarda fuqarolarni qiynab kelayotgan ko‘plab masalalarga mutasaddi rahbarlar ko‘magida yechim topilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati