16 Sentyabr 2023 yil 10998

Andijon tumanida "Xavfsiz hudud" tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Andijon tumanida sektor rahbarlari boshchiligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

O‘tkazilgan navbatdagi tungi xizmat oldi yo‘riqnomasida hududdagi holat atroflicha muhokama qilinib, chora-tadbirlar belgilandi. Xodimlar hamda faollarga fuqarolar osoyishtaligini saqlash, jinoyatchilikning  barvaqt oldini olish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Profilaktika inspektorlari va boshqa xizmat xodimlari hamda faollardan iborat tarkib, el osoyishtaligi yo‘lidagi faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech